O'zbekistonda IT va raqamli ta'lim landshaftini yaxshilash: Tadqiqot bosqichi

Loyiha haqida

“O‘zbekistonda IT va raqamli ta’lim landshaftini yaxshilash: Tadqiqot bosqichi” loyihasi - mamlakatimizda raqamli ta’limni rivojlantirish va IT sohasidagi ishchi kuchining salohiyatini oshirishga, shuningdek, aholining, ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj guruhlari: hech qayerda o‘qimaydigan va ishlamaydigan yoshlar, chekka hududlarda yashovchi aholi, ayollar, nogironlar va kam ta’minlangan oilalar vakillarining IT-savodxonligida mavjud bo‘shliqlarni aniqlash va ta’lim resurslarini mehnat bozorining ehtiyojlariga moslashtirishga qaratilgan keng ko’lamli tashabbusning bir qismidir. Mazkur loyiha Shveysariya taraqqiyot va hamkorlik agentligining (SDC) moliyaviy ko‘magida IT ta’lim uyushmasi (IT Education Association) tomonidan amalga oshirilgan.

Loyihaga nazar

Maqsad va Ko’zlangan natija

Har bir fuqaroga raqamli imkoniyatlardan teng foydalanish imkonini beruvchi inklyuziv raqamli ekotizim yaratish va O‘zbekistonning raqamli transformatsiyasida ularning faol ishtirokini ta’minlash

Tadqiqot yo‘nalishi

O‘zbekistonning barcha hududlarida raqamli savodxonlik darajasi, ish beruvchilarning ehtiyojlari, ko‘nikmalardagi bo‘shliqlar va ishtirok etish imkoniyatlari bilan bog‘liq muammolarni chuqur tahlil qilish

Kelajakdagi rejalarimiz

So‘rov natijalariga asoslangan holda ta’lim dasturlarini kengaytirish, sun’iy intellektga asoslangan o‘quv platformalarni ishlab chiqish, yetakchi texnologik kompaniyalar va ta’lim muassasalari bilan strategik hamkorliklarni yo‘lga qo‘yish

Loyiha raqamlarda:

images

4000+

So'rovnomada ishtirok etgan respondentlar soni

images

100+

IT sohasidagi ish beruvchilar ehtiyojlarini aniqlash jarayonida ishtirok etgan kompaniyalar soni

images

14

Qamrab olingan hududlar soni

images

20+

Intervyu qilingan IT-ekspertlar soni

images

50+

Raqamli savodxonlikni oshirish uchun tashkil etilgan vebinarlarimizda qatnashgan ayollar soni

IT Tendensiyalari: Mutaxassislar Nigohida

"O‘zbekiston – 2030" strategiyasi doirasida raqamli transformasiya mamlakat taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilangan. Bugungi kunda bizning asosiy maqsadimiz – O‘zbekistonni mintaqadagi raqamli texnologiyalar va innovasiyalar markazlaridan biriga aylantirishdir. Davlatimiz yoshlar uchun sifatli IT-ta'limga, chet tillarini o‘rganishga va mahalliy hamda xalqaro bozorda o‘zini muvaffaqiyatli namoyon etishiga barcha shart-sharoitlarni yaratib bermoqda. Bunday yoshlarni IT-ta'limga qamrab olish, xalqaro sertifikatlar olishga qiziqtirish yo‘nalishida keng ko‘lamdagi ishlar olib borilmoqda. Biz ishonamiz: yoshlar — O‘zbekistonning raqamli taraqqiyotining asosiy harakatlantiruvchi kuchidir. Davlat esa o‘z navbatida rivojlanish va yaratishga intilayotgan har bir yoshni qo‘llab-quvvatlashda davom etadi.

Rustam Karimjonov
Rustam Karimjonov
Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari

Bugungi kunda IT-ta'lim sohasi O‘zbekistonda strategik ahamiyat kasb etmoqda. Mamlakat dunyodagi raqamli texnologiyalar rivojiga mos ravishda o‘z ta'lim tizimini qayta ko‘rib chiqmoqda va yangilamoqda. Bu jarayonda, avvalo, amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish, bozor talablariga mos zamonaviy o‘quv dasturlarini joriy etish, malakali mutaxassislarni jalb etish muhim ahamiyatga ega. O‘zbekiston ushbu maqsadlarga erishish uchun IT-ta'lim sohasiga jiddiy sarmoya kiritmoqda — yangi universitetlar va texnoparklar tashkil etilmoqda, xalqaro standartlarga asoslangan dasturlar joriy qilinmoqda, xalqaro hamkorlik kengaymoqda. Shu bilan birga, maktab yoshidan boshlab raqamli savodxonlikni oshirish, dasturlash asoslarini o‘rgatish va innovasion fikrlashni rivojlantirishga qaratilgan loyihalar amalga oshirilmoqda.

Maxliyo Muksinova
Maxliyo Muksinova
IT-Parkning xizmatlar eksportini rivojlantirish boʻyicha direktori

Bugungi kunda O‘zbekistonda IT sohasiga qiziqish yuqori, ammo ta’lim sifati va bozor ehtiyojlari o‘rtasidagi tafovut saqlanib qolmoqda. Bugun ko‘plab yoshlar IT sohasiga kirmoqda, ularni to‘g‘ri yo‘nalishga yo‘naltirish va amaliyot bilan bog‘lash, real dunyodagi muammolarni hal qilishga o‘rgatish esa bizning vazifamiz. Biz O‘zbekistonning raqamli iqtisodiyotini qurishda muhim rol' o‘ynaydigan, mahalliy hamda xalqaro bozorda raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlash ustida ish olib boryapmiz.

Sherzod Ibragimov
Sherzod Ibragimov
MAAB INNOVATION asoschisi

Bugungi kunda O‘zbekistonda IT ta’limi tizimli o‘zgarishlar bosqichida desak, to‘g‘ri bo‘ladi. Mamlakatda so‘nggi 5 yil ichida bu sohada oldingi yillarga qaraganda keng ko‘lamli o‘zgarishlard amalga oshirildi, jumladan strategik qarorlar qabul qilindi, ko‘plab yangi ta’lim muassasalari ochildi, xalqaro hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yildi va ta’lim tizimining o‘zini raqamlashtirish ishlari boshlandi. Bu, ayniqsa, raqamlashtirish bo‘yicha kadrlarga nisbatan talab global darajada bo‘lgan va O‘zbekiston Markaziy Osiyoning IT xabiga aylanishga intilayotgan bir paytda ijobiy va muhim o‘zgarish hisoblanadi.

Zarina Luxmanova
Zarina Luxmanova
School 21 rahbari

O‘zbekistonning Markaziy Osiyoda IT sanoati yetakchisi bo‘lishida istiqboli juda katta. Birinchidan, bu aholisining 50 foizidan ortig'ini 25 yoshgacha bo'lganlar tashkil qiladigan Davlat. Ikkinchidan, mamlakatda IT-texnologiyalarini rivojlantirishga, jumladan, gender tengligini hisobga olishga katta e'tibor qaratilmoqda. Uchinchidan, ayni damda mamlakat turli davlatlar bilan hamkorlik qilish, tajriba almashish va umumiy loyihalar uchun juda ochiq. Bunday yondashuv iqtisodiyotga, IT va boshqa sohalarning rivojlanishiga katta turtki beradi. AyTi ta’lim istiqboli haqida gapirganda esa bugun kompaniyalar talabi va ta’lim dargohlari taklifi o’rtasidagi tafovut asta sekin kamayib borayotganini ko’ryapmiz. Bugun kompaniyalar ham o’zlariga zarur bo’lgan kadrlarni ishga olish uchun turli bepul akademiyalar, stajirovkalar taklif qilayotganliklarini ko’ryapmiz. Bu esa tabiiyki bu yo’nalishda yaxshi natijalarga ega bo’lish uchun juda muhim ahamiyatga ega.

Anna Ambrozevich
Anna Ambrozevich
Women in Tech Uzbekistan Direktori

Blog

TADQIQOT: O‘ZBЕKISTONDA 97% AHOLI RAQAMLI KO‘NIKMALARNI MUVAFFAQIYAT KALITI DЕB HISOBLAYDI

TADQIQOT: O‘ZBЕKISTONDA 97% AHOLI RAQAMLI KO‘NIKMALARNI MUVAFFAQIYAT KALITI DЕB HISOBLAYDI

O‘zbekistonda IT va raqamli ta’limni rivojlantirishga bag'ishlangan Forumga taklif etamiz!

O‘zbekistonda IT va raqamli ta’limni rivojlantirishga bag'ishlangan Forumga taklif etamiz!

Informatika o‘qituvchilari uchun BEPUL kurslar!

Informatika o‘qituvchilari uchun BEPUL kurslar!

Loyiha hamkorlari

Loyiha tashkilotchilari

Logo 2Logo 2

Mualliflik huquqi © 2025 IT Ta'lim Assotsiatsiyasi. Barcha huquqlar himoyalangan